Abituriyentlarning xujjatlarini onlayn qabul qilish

Foydalanuvchi xoxlagan vaqtda akkaunt ochishi va xujjatlarini elektron shaklda jo'natishi mumkun.

Прием

ПРИЁМ ДОКУМЕНТОВ
ISFT использует электронную платформу для приёма документов.
Вы можете пройти регистрацию и сдать документы по ссылке www.admission.isft.uz

Перечень необходимых документов:
(Сканированная версия/копия)
  • Скан. копия паспорта с наличием страницы постоянного места прописки;
  • Скан. копия диплома об окончании среднего или средне-специального образования (Колледжа или Лицея);
    • Допускается без вкладыша;
  • Электронная фотография 3х4 на светлом фоне без редактирования;
  • Скан. Копия сертификата IELTS (если имеется);
  • Оплата за Вступительный Экзамен ISFT в размере 223,000 UZS (по окончании регистрации на сайте admission.isft.uz).

TAYYORLOV KURSI

Bir semester (4 oy)

Ushbu kurs keyinchalik Asosiy 4 yillik dastur (Umumiy ta’lim kursi +Bakalavriat)ga kirish maqsadida o’z ichiga umumiy Ingliz tili va matematikadan intensiv darslarni qamrab oladi. Tayyorgarlik vaqtida, oquvchilar guruhlarga bo'lingan holda o’qib, Ingliz tilining boshlang’ich kursi (Elementray, Pre-Intermediate, Intermediate) dan boshlab, yuqori daraja (Upper-Intermediate)gacha tugallashadi, bu daraja Umumta’lim kursi uchun yetarli bo’ladi. Kursning o’ziga xosligi shundan iboratki, Ingliz tilida darhol o’qish boshlanib, muntazam ravishda ko’p ishlatiladigan biznes tushunchalar va atamalar bilan tanishib boriladi, bu esa o’quvchilarning ishchan muhitga tez ko’nikib ketishlariga yordam beradi.

Tayyorlanish davrida o'quvchilar to'liq ravishda o'zlashtirish monitoringi kuzatuvi ostida bo'ladilar, bu jarayon davriy ravishda test topshirish, guruhli loyihalarda ishtirok etish, shuningdek o'quvchilarning natijalarini yaxshilashga qaratilgan o'qituvchilarning o'rinli tanbehlarini ham o'z ichiga oladi.

DARSLIKLAR RO'YXATI:

  • General English (Elementary, Pre-Intermediate, Intermediate);
  • Foundation of Mathematics.

MASHG’ULOTLAR TURI:

Guruhlardagi mashg’ulotlar, Jamoaviy loyihalar, Ta’limiy seminarlar va Interaktiv leksiyalar.

O’QISH DAVRI:

Oktyabr – Yanvar (An’anaviy Yozgi Qabul);

Fevral – Iyun (Qishki Qabul).

O’QISH VAQTI:

Dushanba– Juma, 16:00 – 20:00 (o'quv yili boshlanishida o'zgarish ehtimoli bor).

Talablar:

  • ISFTda yuzma-yuz suhbat (ISFT qabul komissiyasi qarororiga muvofiq);
  • Mantiqiy savol testlar va ingliz tilini bilish darajasini (Elementary) tekshiruvchi test.
     

Abiturient Tayyorlov kursini muvaffaqiyatli tugatganidan so'ng, kirgan vaqtiga qarab keyingi akademik semesterdan Asosiy dasturni boshlaydi:

- Agar abiturient Tayyorlov kursini oktyabrda (Yozgi Qabul) boshlagan bo’lsa, fevraldan;

- Agar abiturient Tayyorlov kursini fevraldan (Qishki Qabul) boshlagan bo’lsa, oktyabrdan boshlab Asosiy dasturni o’qiy boshlaydi.


UMUMTA'LIM KURSLARI (1-kurs)

(1 akademik yil)

Ushbu dastur talabani Asosiy Bakalavriatga tayyorlash uchun akademik dasturga kiritilgan. Keyingi ta’lim bosqichlari qat’iy akademik Ingliz tilida olib borilishini e’tiborga olgan holda, tilni o’qitish bo’yicha zamonaviy jahon ta’lim dasturlaridan foydalanilgan kompleks mashg’ulotlar dasturga kiritilgan. Shuningdek, ushbu kurs talabaning kelgusida ixtisosligi haqida fundamental tushunchalarni hosil qilishga yo’naltirilgan bir qator qo’shimcha tanishuv fanlaridan tashkil topgan.

Umuta’lim Kurslari talabalari alohida ishchi guruhlarga bo’linadilar va amaliy matematika hamda akademik ingliz tilidan kuchaytirilgan ta'lim oladilar, shuningdek biznes, buxgalteriya, moliya va axborot texnologiyalariga yo’naltiriladi.

DARSLIKLAR RO'YXATI:

  • Advanced English;
  • Fundamentals of Mathematics II;
  • Business Basics;
  • Academic English;
  • Introduction to Accounting;
  • Quantitative Methods.

MASHG’ULOTLAR TURI:

Ma’ruzalar, guruhli mashg’ulotlar, Jamoviy loyihalar, Ta’limiy seminarlar, Keys vorkshoplar.

O’QISH DASTURI:

Oktyabr – Iyul (An’anaviy Yozgi Qabul);

Fevral – Yanvar, Iyundan Sentyabrgacha ta’tilni xisobga olgan holatda (Qishki Qabul).

O’QISH VAQTI:

Dushanba – Shanba, taxminan 9:00 – 16:00 (Dars vaqti akademik yil boshida aniq bo'ladi).

Talablar:

  • Ingliz tilining o’rta (Intermediate) darajasini bilish bo’yicha test;
  • Umumiy Matematika bo’yicha test.

Xalqaro Amaliy Buxgalterya va Moliya, Oxford Brookes Universiteti, Buyuk Britaniya

Yo’nalish o’z ichiga ACCA xalqaro dastur bo’yicha professional buxgalteriyani o’qitishni qamrab oladi. Talabalar ACCA ning 9ta maxsus asosiy fanlaridan iborat dasturlarni va Iqtisodiyot, Akademik Ingliz tili, Shaxsiy rivojlanish va h.k. kabi bir qator fanlarni ham o’rganadilar. Ushbu Bakalavriat kursini muvaffaqiyatli tugatgan talaba Oxford Brookes University (Buyuk Britaniya) universitetining Bakalavr Diplomini olish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Ushbu kurs Xalqaro Diplomli va Sertifikatlangan Buxgalterlar Assotsiatsiyasi (Buyuk Britaniya)ning qulay va variativ ta’lim dasturlari asosida buxgalterlik hisobi, soliqqa tortish  va moliyaviy boshqaruv sohasida xalqaro darajadagi tayyorgarlik va bilim berishga qaratilgan. Bu tizimning o’ziga xos noyobligi kasbiy bilim va tajriba darajasi turlicha bo’lgan talablarga ta’lim olish imkoniyatlarini yaratadi.

ACCA kursi moliyaviy menejment, audit yoki soliq sohasida mutaxassis bo'lish istagidan bo'lgan barcha uchun mo'ljallangan. ACCAga a'zo bo'lganlar moliyaviy hisobot, boshqaruv hisoboti, soliqqa tortish, axborot texnologiyalari, strategik rejalashtirish va umumiy menejment sohalarida muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini beruvchi bilim va ko'nikmalarga ega bo'ladilar.

ACCA kvalifikatsiyasi turli biznes sektorlarida muvaffaqiyatli mavqega ega bo'lishga – davlat yoki xususiy sektorda, buxgalteriya firmasida, xorijiy kompaniyada yoki – moliya, buxgalteriya hisobi, audit, korporativ va soliq huquqi sohasida shaxsiy biznesni tashkil qilishda yordam beradi.  ACCA dasturi hisobotlar, etika, boshqaruv masalalari, shuningdek moliya, buxgalteriya hisobi va audit sohasida xalqaro standartlarga rioya qilishga alohida e'tibor qaratadi.

ACCA kvalifikatsiyasi Xalqaro Buxgalteriya Federatsiyasining (IFAC, Shveytsariya) buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro standartlariga muvofiq keladi.

ACCA kvalifikatsiyasiga ega bo'lish moliya mutaxassislariga istalgan sohada katta muvaffaqiyatlarga erishishda yordam beradi: davlat yoki xususiy sektorda, buxgalteriya firmasida, xorijiy kompaniyada ishlashi yoki shaxsiy biznes bilan shug`ullanishi mumkun.

ACCA dasturining o'ziga xos asosiy xususiyatlaridan biri ta'lim mazmuni va tarkibining har yili xalqaro buxgalterlik amaliyoti tamoyillari va biznes, hisobotlar va dunyo iqtisodiyoti sohalarida qadriyatlarning dolzarb o'zgarishlariga muvofiq holda yangilanishi hisoblanadi.              

FANLAR RO'YXATI:

  • F1 - Accountant in Business, Buxgalter va Biznes;
  • F2 - Management Accounting, Boshqaruv Hisobi;
  • F3 - Financial Accounting, Moliyaviy Hisob;
  • F4 - Corporate and Business Law (GLO), Korporativ Biznes Huquq;
  • F5 - Performance Management, Samaradorlik Boshqaruvi;
  • F6 - Taxation (EN), Soliq, Buyuk Britaniya;
  • F7 - Financial Reporting, Moliyaviy Hisobot;
  • F8 - Audit and Assurance, Audit va Boshqa xizmatlar;
  • F9 - Financial Management, Moliyaviy Menejment;
  • Fundamentals of Economics, Iqtisodiyot Asoslari;
  • English for Academic Purposes, Akademik Ingliz Tili;
  • Research and Analysis Project, Diplom Ishi.

MASHG'ULOTLAR TURI:

Ma’ruzalar, Kichik guruhli mashg’ulotlar, Jamoaviy loyihalar, Ta’limiy seminarlar, Keys vorkshoplar, Amaliy mashg’ulotlar.

O’QISH DASTURI:

Oktyabr – Iyul (An’anaviy Yozgi Qabul);

Fevral – Yanvar, iyundan sentyabrgacha ta’tilni xisobga olgan holatda (Qishki Qabul).

O’QISH VAQTI:

Dushanba – Shanba, taxminan 9:00 – 16:00 (Dars jadvali akademik yil boshida aniq e'lon qilinadi).

Talablar:

  • ISFT Umumta’lim kursini (1 курс) muvaffaqiyatli tugatish;
    • YOKI
  • Darhol 2 kursga kirish imkoniyati:
    • ISFT Matematikasi bo’yicha imtihon, 60% o’tish minimumi olgan holda;
    • IELTS Sertifikati, BandScore 5.5+ – Overall.